StomReg dasturi haqida ma'lumotlar

StomReg dasturi - stamotologlarning qabuliga tashrif buyurayotgan bemorlar va ularning qatnovlarini avtomatik va tizimli shaklda ma'lumotlar bazasiga saqlab boruvchi dastur xisoblanib, stamotologlarga o'z ishlarining natijalari va monitoring qilib borish va avtomatik xisobotlar va statistik ma'lumotlarni tayyorlab beradi.

StomReg dasturida ishlash

Dastur yuklanganda quyidagi 1-rasm ko'rinishidagi oyna ochiladi. Asosiy forma ikki qismdan iborat bo'lib 1. Bemorlar ro'yhati va 2. Bemorning qanovlari ro'yhatlaridan tashkil topgan. Ko'rish tugmasi orqali bemorlar ro'yhati qaytadan ko'riladi(obnovit) Izlash tugmasi orqali qidiruv matnida ko'rsatilgan bemor izlab topiladi.

1-rasm Asosiy forma

Bemor kiritish tugmasi bosilganda 2-rasm ko'rinishidagi oyna ochiladi. Vaqt bo'limi joriy vaqtni avtomatik o'rnatadi. Anketa nomeri, Familiya, Ism, Sharifi, Tug'ilgan yili, Manzil, Tashxis, Davo bo'limlari kiritiladi. M.Sh.B va San bo'limlari qiymatlari tanlanadi.

2-rasm Bemor kiritish formasi

O'zgartirish tugmasi bosilganda 3-rasm ko'rinishidagi oyna ochiladi. Bu formada bemorning ma'lumotlaridagi hatoliklar tuzatiladi. Ular Anketa nomeri, Familiya, Ism, Sharifi, Tug'ilgan yili, Manzil kabi bo'limlardan tashkil topgan.

3-rasm O'zgartirish formasi

O'chirish tugmasi bosilganda 4-rasm ko'rinishidagi oyna ochiladi. Bunda bemorning barcha ma'lumotlari o'chilishi oldidan barcha ma'lumotlari ko'rsatiladi so'ngra aynan shu bemor ekanligi aniqlangan va to'la ishonch xosil qilingandan so'ng O'chirish tugmasi bo'siladi.

4-rasm Bemor o'chirish forma

Qatnov kiritish tugmasi bosilganda 5-rasm ko'rinishidagi oyna ochiladi. Bunda bemorning barcha ma'lumotlari ko'rsatiladi va navbatdagi qatnov ma'lumotlari Tashxis, Davo, M.Sh.B, San bo'limlariga mos holda kiritiladi.

5-rasm Qatnov kiritish formasi

Xisobod olish tugmasi bosilganda 6-rasm ko'rinishidagi oyna ochiladi. Bunda bemorlar va ularning qanovlariga mos xolatda Davriy yoki San bo'yicha xisobodlar olinadi.

6-rasm Xisobod olish formasi

Xisobod olish formasidagi Joriy xisobodni Faylga saqlab olish hamda faylni ochib lozim bo'lsa bosmaga chiqarib olish tugmasi bosilganda 7-rasm ko'rinishidagi oyna ochiladi. Bunda bemorlar va ularning qanovlariga mos xolatda Davriy yoki San bo'yicha xisobodlarning web sahifa ko'rinishida faylga saqlab olinadi.

7-rasm Xisobodning web ko'rinishida saqlanishi

StomReg dasturini aktivlashtirish

StomReg dasturi ilk marotaba yuklanganda aktivlashtirilmagan holatda bo'ladi va aktiblashtiruv 8-rasm ko'rinishidagi oyna ochiladi. Bunda dasturchiga yuboriladigan kodni faylga saqlash va dastur yaratuvchisi tomonidan aktivlashtirish kod faylini dasturga yuklash bo'limlaridan iboratdir.

8-rasm Aktivlashtirish formasi